"Paxtakor": Chempionlar Ligasidagi raqiblarimizda g'alabalar

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2020, 12:37
OCHL-2020da "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan jamoalar navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishdi.

"Al Hilol" o'tgan haftada Saudiya Arabistoni chempionati doirasida o'z maydonida "Al Ahli" va "Al Vahda" jamoalariga qarshi bahslarda maydonga tushib, har ikki bellashuvda 3:1 hisobida zafar quchdi. "Hilol" chempionatda peshqadam "Nassr"ga yetib oldi va zaxirasida yana bir qoldirilgan bahs mavjud. Navbatdagi o'yinda "Hilol" Saudiya Arabistoni Chempionlar Kubogi chorak finalida 16 yanvar kuni "Ittifoq"ni qabul qiladi.



"Shabab Al Ahli" esa BAA Kubogi yarim finalida "Al Jazira" mehmoni bo'lib, penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. 17 yanvar kuni o'tkaziladigan finalda "Shabab" "Nasr" bilan maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz