"Paxtakor" Arveladze bilan shartnomani uzaytiradimi?

16 noya 2018, 17:55
"Paxtakor" klubi o'tgan yili yozda jamoaga gruziyalik mutaxassis Shota Arveladzeni olib kelgandi.

Klub va mutaxassis o'rtasida 1,5 yillik shartnoma imzolangandi. Joriy yil yakunida esa Arveladzening "Paxtakor" bilan imzolagan shartnoma muddati yakunlanadi.

Savol tug'iladi, klub Shota Arveladze bilan o'rtadagi bitimni uzaytiradimi yoki murabbiy yil oxirida jamoadan ketadimi?

Aynan mazkur savol bilan "Paxtakor" matbuoti xizmatiga murojaat qildik. Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Arveladze bilan shartnoma hozircha uzaytirilmagan. Agarda klub va murabbiy o'rtasidagi bitim uzaytiriladigan bo'lsa, unda bu borada rasman ma'lum qilinadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Paxtakor" Shota Arveladze bilan shartnomani uzaytirish borasida o'ylamoqda. Tez orada tomonlar yangi kelishuvga imzo chekishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia