

Biroz oldin "Al Hilol" himoyachisi Yosir Al Shahronida koronavirus infekciyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, "Al Hilol"ning ikki nafar darvozabonida ham infekciya aniqlangan. Dastlabki o'yindan oldin "Hilol"ning zaxira posbonida test ijobiy chiqqandi va u qaydnomaga kiritilmagandi.
Ayni paytgacha vaziyat shunday: o'yinni qoldirish yoki bekor qilish muhokama qilinmagan. Bordiyu "Al Hilol"da darvozabon yo'q bo'lsa darvozaga futbolchi turishga majbur bo'ladi. Lekin o'yin qoldirilmaydi.
Rasman: "Al Hilol"ning yana bir asosiy o'yinchisida koronavirus aniqlandi



