"Paxtakor-99" Krasnodardagi turnirda ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2015, 12:40
Rustam Qurbonboev boshchiligidagi akademiya tarbiyalanuvchilari Krasnodarda o'tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashishadi.
6-11 aprel kunlar Krasnodarda "Krasnodar" FK sovrini uchun 4-bor xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda "Krasnodar" akademiyasining 2, "Chertanovo", "Rubin", "Terek", "Dinamo" va "Anji" akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirok etadilar. Jamoalar 2 guruhga ajratiladi. Keyinchalik bahslar pley-off tizimida davom ettiriladi.

Unda 1999 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar maydonga tushadi. Bu yoshdagi jamoaga Rustam Qurbonboev boshchilik qilmoqda. Akademiya direktori Dilshod Nuraliev ham jamoa bilan birgalikda Krasnodarga safar qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz