"Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab faxriylar o'yini bo'lib o'tdi

Alisher
12 avg 2021, 10:44
"Bunyodkor" stadioni maydonida "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab faxriylar o'rtasida futbol uchrashuvi o'tkazildi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bellashuvda yaqin o'tmishning bir qator yulduzlari maydonga tushishdi. Ular o'yindan avval aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan futbolchilarni yodga olishib, yana bir bor "Paxtakor-79" jamoasi a'zolarini xotirlashdi.

Shonli jamoa xotirasini yodga olgan barchaga va o'yin tashkilotchilariga "Paxtakor" futbol klubi o'z minnatdorchiligini bildiradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати