"Paxtakor-79" xotirasi yodga olindi

Alisher
11 avg 2024
Bugun, 11 avgust kuni "Paxtakor-79" fojiasiga 45 yil to'ldi.

Botkin qabristonida 1979 yil hayotdan ko'z yumgan jamoa vakillarini xotirlash tadbiri o'tkazildi.

Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, "Paxtakor" rahbariyati va asosiy tarkib vakillari, muxlislar jam bo'lishdi. Marosimni olib borgan taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev o'sha "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislar yoqimtoyiga aylanib, ularning faxri bo'lgani, fojia sababli o'zbek futboli katta yo'qotishga uchragani to'g'risida to'xtalib o'tdi.


Xotira tadbiridan suratlarni to'liq ravishda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling >>>>> FOTOGALEREYA

FOTO: Tolibjon Qosimov


44 yillik ayriliq: "Paxtakor-79"ni xotirlab

Moziyga qaytib... Erkaklar yig'laganda...



AlisherMuallif
Manba: championat.asia