"Paxtakor" 3 milliardga "Nasaf"dan hujumchi sotib oladimi?

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Paxtakor" "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovni transferini sotib olish niyatida. Bu borada toshkentliklar "ajdarlar"ga rasman taklif bilan chiqishgan.

Bunga qadar "Paxtakor" o'tgan mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan to'rt nafar futbolchi Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Bahrom Abduraximov va Dilshod Rahmatullaevni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olgandi.

Yozda esa "sherlar" "Nasaf"ning ikki futbolchisi Eldorbek Suyunov va Sherzod A'zamovning transferi uchun 1 milliard to'lagandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Nasaf" Bobir Abdixoliqov uchun 3 milliard so'm so'ramoqda.

Agarda tomonlar kelisha olishsa, Bobir Abdixoliqov kelasi mavsumni "Paxtakor"da o'tkazishi mumkin.

"Paxtakor"ning Bobir Abdixoliqovga qiziqayotganligi haqidagi ma'lumotni bugun jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev intervyu jarayonida tasdiqladi. Biroq "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Bobir Abdixoliqovni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda Berdiev biz bilan bo'lib o'tgan suhbat davomida aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf"ning yosh iqtidorli hujumchisi Bobir Abdixoliqov o'tgan mavsumda Oliy ligada 8ta gol kiritdi.

Tez orada Ro'ziqul Berdiev bilan bo'lib o'tgan qiziqarli suhbatni taqdim etamiz.


Manba: championat.asia