

Birinchi turda OZSM-8 jamoasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan U-14 jamoasi kecha ikki uchrashuvda maydonga tushishdi. "Yantar"dan 11:0 hisobida ustun kelgan tarbiyalanuvchilar guruhdagi oxirgi bellashuvda "Dinamo" Kievga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa chorak finalda "Milan"ga qarshi maydonga tushgan yoshlar mahorat bobida ustunroq sanalgan italiyaliklardan 0:4 hisobida engilishdi. Ertaga "Paxtakor" pley-off uchrashuvlarini davom ettirishadi.



