Endilikda “Sharq” va “G'arb” mintaqasida kuchli sakkizlikdan joy olgan jamoalar ikkinchi bosqich bahslarini boshlashadi. Liga debyutanti “Istiqlol” va birinchi liganing doimiy ishtrokchisi bo'lgan “Yangier” jamoalari sharq mintaqasida 8-o'rinni egallash uchun birinchi bosqchining oxirgi turiga qadar jiddiy kurashdi. Yakunda “Yangier” bu borada Toshkent jamoasini bir ochko farqi bilan ortda qoldirishga erishdi. Shu tariqa “Istiqlol” garchi 22-turda “NBU-Osiyo” maydonidan g'alaba (3:2) bilan qaytgan bo'lsada, 9-o'rinni egalladi. Shu bois endi “Istiqlol” musobaqa reglamentiga ko'ra ligada qolish uchun o'tkaziladigan pulkada ishtirok etadi.
Ammo bugun “Istiqlol”ning ikkinchi bosqichda “Paxtakor-2”ning o'rniga ishtirok etishi mumkinli to'g'risida xabarlar urchiy boshladi. Shu bois masalaga jiddiy yondoshib, dastlab “Paxtakor-2” murabbiyi Shuhrat Rahmonqulovga murojaat qildik.
“Ochig'i bu haqda birinchi sizdan eshitib turibman. Yo'q, bu noto'g'ri ma'lumot. Ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz oson kechmadi-ku, qanday qilib egallab turgan o'rnimizni boshqa jamoaga taqdim etishimiz mumkin?! Umid qilamanki, jamoamiz ikkinchi bosqichda ham ishtirokini davom ettiradi va ijobiy natija qayd etadi”, - deydi Rahmonqulov.
Islombek Rustambekov.