Pavel Leus va Timur Yafarov "Navbahor"da ko'rikda

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2013, 19:25
Ayni paytda Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida "Andijon" va "Navbahor" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Andijonlik maxsus muxbirimizning stadiondan xabar berishicha "lochinlar" safida ikki nafar yangi futbolchi harakat qilmoqda. Birinchi davrani "Sho'rtan" safida o'ynagan litvalik posbon Pavel Leus (fotoda) va "Qizilqum" himoyachisi Timur Yafarov bugun "Navbahor" tarkibida maydonga tushishdi. 

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia