Pavel Bugalo: “Jamoamizga finalda agressivlik yetishmadi”

Narzulla Saydullayev
27 okt 2019
AGMK uchun yakunda muvaffaqiyatsiz yakunlangan O'zbekiston Kubogi final uchrashuvidan so'ng, jamoa darvozabonlar murabbiyi Pavel Bugaloga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Bugungi final uchrashuvi haqida ikki og'iz fikringiz. Sizningcha ikki jamoa ishtirokidagi o'yin final nomiga mos bo'ldimi?
- Kurashlarga boy bo'ldi. Fikrimcha o'yin stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga manzur bo'ldi. “Paxtakor” kuchli jamoa, tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Agarda, biz birinchi gol urganimizda bari boshqacha kechishi mumkin edi. Yigitlarga raxmat, ular qo'lidan kelgan barcha ishni qilishdi.

- Deyarli barcha masalani Dragan Cheranning o'zi hal qildi. Uni yopish yoki himoyalash uchun alohida reja tuzilganmidi?

- Ha, albatta. Unga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushuntirilgan edi. Xavfli futbolchi, uzoqdan zarbalarni mukammal ijro etadi. Nima bo'lganini ko'rdingiz. Jamoamizga biroz agressivlik yetishmadi. Yakka kurashlarda raqibga mag'lub bo'ldik.



- Birinchi golga qadar himoyaga e'tibor qaratildi. Biroq, goldan so'ng taktika ham o'zgardi...

- Gol o'tkazib yuborilgandan so'ng, xohlaymizmi yo'qmi oldinga o'tish shart. Gol urishimiz kerak edi. Ikkinchi goldan so'ng butkul kayfiyat tushib ketdi.

- Bugungi o'yinda zaxira o'rindig'ini torligi pand bermadimi? Maydonga tushgan yangi kuchlar kutilganidek o'yinni kuchaytira olishmadi...

- O'yinni o'zgartira oladigan futbolchilarimiz bor edi. Ammo...o'xshamadi.

Abdulaziz suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia