

"Men g'alaba qozonish uchun bir nechta favoritlarni ko'rmoqdaman. Bular – Argentina, Belgiya va Ispaniya terma jamoalari. Albatta, Fransiya ularning qatoriga kiradi. Germaniya? Ha, ular ham kurashishi mumkin. Yaxshi jamoalar ko'p. Shu bilan birga, sensaciyalarni inkor etib bo'lmaydi. O'zimizga e'tibor qaratamiz va boshqalar haqida o'ylamaymiz", – dedi Benjamen.
Fransiya terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi. Dide Desham shogirdlari JCH-2022 guruh bosqichida Daniya, Tunis va Avstraliya terma jamoalari bilan to'qnash kelishadi.



