

OAV xabariga ko'ra, 52 yoshli Souza Italiya klubi bilan besh oylik shartnoma imzolagan bo'lib, agar jamoa quyi ligaga tushib ketmasa, shartnoma yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
"Salernitana" bosh murabbiyi lavozimi Davide Nikola ishdan bo'shatilganidan keyin bo'sh qolgandi.
Jamoa 21 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.
Souzaning avvalgi ish joyi Braziliyaning "Flamengo" jamoasi bo'lib, portugaliyalik o'tgan yozda iste'foga chiqarilgan edi.



