Paulo Dibala: Menda ham "Yuventus" singari g'oliblik ruhi kuchli

25 may 2015, 06:32
Palermo hujumchisi Paulo Dibala Yuventusga o'tishga qaror qilgani haqida aytib o'tdi.

"Yuventus" - klubi meni boshqa jamoalardan ko'ra kuchliroq qiziqtirib qo'ydi.  Aynan ularning taklifi menga qiziqroq tuyuldi. Ular meni o'z saflariga ko'rishni juda istashdi. Bu men uchun qadrli. Menda ham "Yuventus" singari g'oliblik ruhi kuchli. Keyingi mavsumdan boshlab yangi jamoam bilan yana g'alabalar sari olg'a intilamiz. 

Men o'z o'yinimni yanada kuchaytirib borishim kerak. "Yuventus"da o'ynash uchun yanada shakllanish kerak. Bu borada nima qilishni bilaman. Hali futbolchi sifatida ko'proq o'sishim lozim.

Kimlardir turinliklar men uchun juda ko'p pul sarflashayotganini aytishmoqda. Turinda men o'zimning kuchli jihatlarimni namoyish etishga harakat qilaman.

Jamoada Teves qolsa yaxshi bo'lardi. Birga to'p tepardik. Menga ko'proq raqib darvozasi oldida o'ynash yoqadi. Lekin ikkinchi hujumchi sifatida o'ynay olaman.

Manba: sports.ru