Paulo Dibala APLning ikki klubini rad etdi

Оқил Абдубарноев
8 iyun 2022, 20:05
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala "Arsenal" va "Nyukasl"ga o'tishdan bosh tortdi.

Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi Angliya Premer-ligasi klublariga o'tish niyatida emas.

Qayd etilishicha, hozirda uning "Inter"ga o'tishini kutmoqda. Neradzurrilar kelishuvini yakunlash uchun maoshni Alesis Sanches va Arturo Vidalni sotish orqali tushirish kerak.

Eslatib o'tamiz, Dibala endi erkin agent. Argentinalik futbolchi 2015 yilning yozidan buyon o'ynab kelayotgan Turinning "Yuventus" klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi va klub tarixidagi o'ninchi to'purarga aylanishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport