Paulino: "Tottenxem"ga o'tib xato qilmadim

3 iyul 2013, 17:06
24 yoshli Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Paulinoning aytishicha Londonning "Tottenxem" klubida yuqori cho'qqilarni zabt etishi mumkin.

"Korintians" futbolchisi yaqin kunlar ichida "shporlar" safiga o'tgani rasman ma'lum qilinadi.

"Men o'z agentlarim bilan takliflarni yaxshilab o'rganib chiqdim, bu eng yaxshi variant degan xulosaga keldik. Men bitta buyuk klubdan ikkinchi buyu klub - "Tottenxem"ga o'tayapman. "Tottenxem"ga o'tganimdan afsusda emasman va kelajakda ham shunday bo'lishiga ishonaman", - deydi futbolchi.


Manba: championat.com