Paulino: "Koutinoning "Barselona"ga o'tishini istayman"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017
"Barselona" yarim himoyachisi Paulino "Liverpul" xavbeki Filippe Koutinoni maqtadi.

"Koutinoga bog'liq savol haqida ko'p marta javob berganman. Hamma, buyuk futbolchilar "Barselona"ga o'tishini kutishmoqda. Ammo jamoamiz juda kuchli, Koutinosiz ham ajoyib o'yin ko'rsatyapmiz. Koutino haqida ko'p gapirishning keragi yo'q, u yaxshi futbolchi. U yosh, biroq Yevropada tajriba to'plashga ulgurgan. Koutinoning "Barselona"ga o'tishini istayman, u ajoyib xarid bo'lardi" - deydi Paulino.

25 yoshli Koutinoning "Liverpul" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo