Paul Komolafe: "Qizilqum" uchun raqibning qaysi o'rinda ekanligi muhim emas"

Iskandarov Abdulaziz
19 avg 2022
Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Dinamo" (4:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Paul Komolafening fikrlariga quloq tutdik.

Ma'lumot uchun, Komolafe uchrashuvda jamoasining 2-golini kiritdi. 


- Biz har bir o'yinda raqiblarni hurmat qilgan holda tayyorgarlik ko'ramiz. Raqibimiz qaysi o'rinni egallab turgani muhim emas. Asosiysi, maydonga chiqqanimizdan keyin g'alaba qozonishimiz kerak. “Dinamo” bilan uchrashuvda ham g'alaba qozonish uchun harakat qildik va yakunda buni uddasidan chiqdik. 

Bu mening O'zbekiston Superligasidagi dastlabki mavsumim hisoblanadi. Yangi jamoa, yangi jamoadoshlar va yangi chempionat. Asta-sekin jamoaga moslashib boryapman. Men imkon qadar ko'proq gol urishni maqsad qilganman. Asosiysi, gollarim jamoa g'alabalariga muvaffaqiyat keltirishini istayman”, - deya so'zini yakunladi Komolafe.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia