
– Biz ko'proq vaziyatlar tashkil etishimiz kerakligini aytmoqchiman, – deydi francuz Sky Sports ga. – Yaxshi jihat sifatida gol o'tkazmaganimizni ko'rsatmoqchiman. "Chelsi" umuman xavfli vaziyatni tashkil eta olmadi. Mourinyo o'yinga asosiy hujumchisi Fernando Torresni asosiy tarkibga kiritmadi. Shu bois raqib durang uchun o'ynadi deb o'ylayman. Balki, Mourinyo durangni ko'zlagandir. Bizga qiyin bo'ldi, ammo so'nggi daqiqaga qadar g'alaba uchun kurashdik.