Patris Evra futbolchilik faoliyatini yakunladi

Alisher
29 iyul 2019
"Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi faoliyatini yakunlaganligi haqida e'lon qildi.

- Faoliyatimni rasman yakunladim. Menda allaqachon B toifali murabbiylik licenziyasi bor. Hozir esa faoliyatimni yakunlashni va A licenziyasini olishni xohlayman. Agar hammasi yaxshi o'tsa, biron-bir jamoani boshqaraman.

38 yoshli sobiq futbolchi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Marsala", "Monca", "Nicca", "Monako", MYU, "Yuventus", "Marsel" va "Vest Xem" klublarida o'ynagan.

Evra shuningdek 2004-2016 yillar mobaynida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport