Patris Evra: "Fransiya Angliyani yanchib tashlaydi"

Administrator
8 dek 2022
MYU va Fransiya termasi sobiq futbolchisi Patris Evra Fransiyaning Angliya ustidan g'alabasini kutmoqda.

Futbolchi Qatardagi Jahon chempionati chorak final o'yini haqida fikr bildirib o'tdi.

"Fransiya ko'rsatayotgan o'yindan mamnunman. Angliya uchun ham xursandman. Fransiya safida Mbappe bor. Angliyada esa Saka va Foden kabi o'yinchilar. 

Albatta, Kayl Uoker Mbappeni yopa olishi haqida gapirishingiz mumkin. Uoker YCHLda Neymarga qarshi bu ishni uddalay oldi. Biroq, Mbappe markazga joylashadi va Stounz va Maguayrga qarshi o'ynaydi. Ularga esa Mbappeni to'xtatish qiyin bo'ladi. Bu o'yinda ko'p faktorlar rol o'ynaydi. Fikrimcha, Fransiya Angliyani yanchib tashlaydi, ammo Angliyada ham g'alaba qozonish imkoniyati bor", -deydi Patris Evra.


AdministratorMuallif
Manba: Goal.com