Parti "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, turinliklar 30 yoshli yarim himoyachiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. 

Qayd etilishicha, futbolchining o'zi ham transferga qarshi emas, biroq “Arsenal” Partini “Yuventus”ga qo'yib yuborishga tayyormi yoki yo'qmi, bu hozircha aniq emas.

Manbaning xabarga ko'ra, "keksa sinora" ganalik yarim himoyachi uchun "kanonirlar"ga 18-20 million evro taklif qilishi mumkin.

Oxirgi mavsumda Parti barcha turnirlarni hisobga olganda 40 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan. Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio