Parti "Arsenal" safidagi ilk golini klub safidagi 40-o'yinida urdi

Alisher
23 okt 2021, 12:05
"Arsenal" o'z uyida APL 9-turi doirasida "Aston Villa"ni 3:1 hisobida engdi.

"Kanonirlar" xavbeki Tomas Parti 23-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu 28 yoshli futbolchi uchun "Arsenal" tarkibidagi ilk gol bo'ldi.

Ganalik futbolchi klub safidagi barcha musobaqalardagi 40-o'yinida gol urishga erishdi.

"Arsenal" Partini Madridning "Atletiko" klubidan bir yil oldin 50 mln evroga xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia