Parma Kassano bilan shartnomani bekor qildi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2015
Antonio Kassano va Parma o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Futbolchi so'nggi 6 oy davomida maosh olmagani uchun sudga murojaat qilgandi.

"Parma" esa futbolchi bilan shartnoma bekor qilingani haqida xabar berdi. Kassano Tardiniga 2013 yil iyulida ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2016 yil yozida tugashi kerak edi.

Kassano qaysi klubga o'tishi hozircha noma'lum. Davogarlar orasida hujumchi oldin ham o'ynagan Sampdoriya va Inter kabi klublar bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru