“Parma” Federiko Makedaga qiziqmoqda

11 fev 2014, 10:06
“Manchester Yunayted” hujumchisi Federiko Makeda yozda “Parma”ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Football Italia.

Ayni paytda Makeda “Birmingem”da ijara asosida to'p surayapti. Yozda italiyalik futbolchining “MYU” bilan tuzgan shartnomasi tugaydi va tomonlar uni uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shunday ekan “Parma” Makedani erkin agent sifatida olishi ham mumkin.


Manba: football.kulichki.net