Park Ji Sung Angliyada murabbiylik faoliyatini boshladi

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021
“Manchester Yunayted” sobiq a'zosi Park Ji Sung “Kuinz Park Reynjers”da ish boshladi.

Koreyalik 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat jamoani boshqaradi.

“Faoliyatim davomida futbolchilar va murabbiylardan ko'p narsalarni o'rgandim. Bazilar murabbiy bo'lish futbolchi bo'lish kabi bir xil deb hisoblaydi. O'zim uchun bu butunlay boshqa narsalar ekanligini angladim.

Murabbiy sifatida ishlash nafaqat taktika, balki jamoa ichidagi muloqot va har bir o'yinchiga ta’sir o'tkazish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi”, deydi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Park futbolchilik faoliyatini Yaponiyada “Kioto Sanga” jamoasida boshlagan. Yevropada esa u “Manchester Yunayted”, PSV va KPR kabi klublar sharafini himoya qilgan. Xavbek 2014 yil butsasini mixga ilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: qpr.co.uk