Parij-2024. O'zbekistonlik hakamlar yarim final o'yinini boshqarib borishadi

Alisher
4 avg 2024
FIFA hakamlar bo'limi olimpiya o'yinlarining yarim finalda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Parijdagi Olimpiadaning futbol bo'yicha bahslarida tez orada yarim final o'yinlari o'tkaziladi.

Quvonarlisi, yarim final doirasidagi Marokash - Ispaniya o'yinini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Bosh hakam Ilgiz Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi. 

Mazkur bahs 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: fifa.com