Paredes: "Hech qachon Messini bunchalik baxtli ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021, 19:24
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoaning Amerika kubogidagi g'alabasi haqida gapirdi.

"Nafaqat biz, balki 45 million Argentina aholisi Leoning terma jamoada sovrin yutishini xohladi. U bilan birgalikda bu muvaffaqiyatdan zavqlanish ajoyib edi.

Men shu 45 kun ichida Messini bundan baxtliroq ko'rmaganman. U biz bilan bo'lishdan mamnun edi. Biz uchun maroqli sayohat bo'ldi. Amerika kubogi bizning qo'limizda, bunga aql bovar qilmaydi. Haqiqatga aylangan orzu", - dedi Paredes.

Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi finalida Argentina terma jamoasi Braziliyani mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports