Papariga faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2026, 15:47
"Qizilqum" sobiq hujumchisi Roman Papariga Indoneziyaning "Persis Solo" klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Klubning turni jadvalidagi o'rni yaxshi emasligini bilaman. Garchi oson bo'lmasa-da, bor kuchim bilan kurashaman va jamoaning ligada qolishi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Tezroq maydonga tushishni va ushbu klub bilan ko'plab g'alabalarga erishishni intizorlik bilan kutyapman", – dedi Roman Papariga Ileague.id nashriga.

26 yoshli ukrainalik futbolchi o'tgan mavsum "Qizilqum" safida barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 gol va 2 assist yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia