"Palmeyras" Edinson Kavaniga qiziqmoqda

Alisher
4 noya 2021
"Palmeyras" "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavaniga qiziqmoqda.

Braziliya klubi 34 yoshli urugvaylik futbolchi bilan 2022 yilning yozida erkin agent maqomida shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Kavani 2021/22 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

34 yoshli urugvaylikning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express