Paketa Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
19 noya 2021, 10:16
"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

24 yoshli braziliyalik 49 foiz ovoz to'pladi. Paketa o'tgan oy Liga 1 doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan edi.

Ikkinchi o'rinni "Renn" hujumchisi Gaetan Labord (39%) egalladi, uchlikni 15 foiz ovoz bilan "Nicca" forvardi Andi Delor yakunlab berdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP