Pablo Sabaleta: “4-3-3 sxemasi bilan ko'p vaziyatlar yaratamiz”

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2014, 13:49
Argentina terma jamoasi himoyachisi Pablo Sabaleta Bosniya bilan o'yinning ikkinchi bo'limida jamoasi nega chiroyliroq o'yin namoish etganini tushuntirib o'tdi.
“Hozir dam olish uchun vaqtimiz bor, murabbiy esa o'yindan o'ziga xulosa chiqarishi kerak. Ikkinchi taymda 4-3-3 sxemasi bilan oddiyroq o'yin ko'rsata boshladik va bu jamoaviy o'yinga sabab bo'ldi. Bu sxemada o'zimizni qulayroq his qilamiz va shu sxema bilan mundialga yo'llanma olganmiz. Bu bilan jamoamiz hujum chizig'i yanada kuchayadi. Uchta hujumchi bilan ko'proq golli imkoniyatlar yaratamiz” – deydi Sabaleta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net