O'zPFL WLF bilan hamkorlik qiladi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2022
O'zbekiston Professional futbol ligasi Jahon futbol ligalari associaciyasi (world leagues forum) tarkibiga qo'shilishi mumkin.

Bu haqda tashkilot bosh kotibi Jerom Perlemute Kuala Lumpur shahridagi yig'ilishda ma'lum qilgan.

Perlemute O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev bilan suhbatlashib, tashkilot vakillarini shu yilning oktyabr oyida Dubayda bo'lib o'tadigan Jahon futbol ligalari associaciyasining yig'ilishiga kuzatuvchi sifatida taklif qilgan.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda 44 mamlakat futbol ligalari WLF a'zosi hisoblanadi. Associaciyaning boshqaruv kengashi a'zolari ham diqqatga sazovor: Richard Masters (Angliya Premer-ligasi ijrochi direktori), Enrike Bonilya (Meksika ligasi raisi), Don Garber (MLS rahbari, AQSH). Ayni vaqtda associaciyaga AQSH, Kanada, Meksika, Angliya, Ispaniya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Daniya, Italiya, Portugaliya, Polsha, Ukraina, Shveytsariya, Belgiya kabi mamlakatlar a'zo hisoblanadi. Osiyo qitasidan esa Yaponiya, Qatar, Saudiya, BAA, Avstraliya, Tailand, Janubiy Koreya mamlakatlar Jahon futbol ligalari associaciyasi bilan hamkorlik qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia