

Shunga qaramay, “Olimpik” bosh murabbiyi Timur Kapadze Pro liga 16-turidan o'rin olgan “Aral samali” klubiga qarshi uchrashuv vaqtida texnik zonada short bilan harakat qilgan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh murabbiylar texnik zonada o'zlari uchun qulay bo'lgan libosdan foydalanishlari mumkin ekanligini eslatib o'tadi va bunda Reglamentda keltirilgan bandlarni ham hurmat qilishga chaqiradi. Shundan kelib chiqib, Timur Kapadze faoliyat olib borayotgan klub rasman ogohlantirildi. Mazkur holat nafaqat “Olimpik”, balki boshqa klub bosh murabbiyi tomonidan takrorlangan taqdirda, o'sha mutaxassisga nisbatan jarima sankciyasi qo'llaniladi.




