O'zini "Chelsi" futbolchisi deb tanishtirgan firibgar 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
23 okt 2014, 21:51
Bugun Britaniya gazetalarida qiziqarli xabar tarqatildi.
Ma'lumotlarga qaraganda, policiya o'zini "Chelsi" futbolchisi deb tanishtirib yurgan shahsni qo'lga olgan.
U o'zini Gael Kakuta deb tanishtirib yurgan. Aniqlanishicha, u rostdan ham futbolchi. Lekin, uning Kakutaga hech qanday aloqasi yo'q. Ushbu firibgarning haqiqiy ismi Medi Abalimba bo'lib, u avval "Fulxem" safida o'ynagan.

U o'zini "Chelsi" futbolchisi sifatida tanishtirib, qimmat ovqatlar va ichimliklarni bepul istemol qilib yurgan. Shuningdek, u qimmatbaho kiyimlarni olib pul to'lamagan. Bundan tashqari Abalimba kazinolarga borib katta summalar yutqazgan va "Chelsi" futbolchisi sifatida kreditlar olgan. 

Yakunda esa barchasi fosh bo'ldi. Uning umumiy etkazgan zarari 300 ming dollarni tashkil qiladi.

Xabar qilinishicha, "uddaburon" futbolchi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru