O'zil Shohruh Xon bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 12:39
"Arsenal"ning germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O'zil Bollivud yulduzi Shohruh xon bilan uchrashdi.

Aktyor va futbolchi "Arsenal" hamda "Nyukasl" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 32-tur o'yinidan so'ng "Emireyts" stadioni ichida ko'rishishdi. Bahs 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.


"Mesut O'zil va Omina Gulse, meni iliq kutib olganingiz uchun rahmat. Hindistonda ko'rishguncha" - deb yozadi Shohruh Xon "Feysbuk"dagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: facebook.com/IamSRK