Ozil qishki transfer oynasida "Arsenal"ni tark etadimi?

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018, 15:23
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil mavsum oxirigacha jamoada qoladi.

Bu haqda klub bosh murabbiyi Arsen Venger matbuot-anjumanida e'lon qildi.

"Yo'q, u yanvarda jamoani tark etmaydi" - deydi Venger.

29 yoshli yarim himoyachining "Arsenal" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, londonliklar Ozilni tekinga qo'yib yuboradi.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" "Arsenal"dan Aleksis Sanches va Mesut Ozilni xarid qilmoqchiligi e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports