O'zil nega "Bornmut"ga qarshi bahsda o'ynamadi? Emeri javob berdi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 13:54
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Bornmut"ga qarshi APLning 13-tur o'yinida yarim himoyachi Mesut O'zil nega ishtirok etmagani haqida to'xtaldi.

"Biz katta kuch sarflanadigan taktik sxemani tanlayotgan edik va O'zilni zaxirada qoldirishga qaror qildik. Himoyada 3 futbolchi o'ynadi, yarim himoyada ham. Yaxshi variantlarni topish uchun bazida tajriba o'tkazib turamiz.

Mavsum boshida biz raqobatbardosh va tashkillashgan jamoa bo'lishimiz kerakligini aytgan edim. O'yinimiz kuchayishi uchun bizga individual sifatlar kerak" - deydi EMeri.

"To'pchilar"ning APLdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 11ta o'yinga etdi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports