O'zil "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 noya 2020
"Los-Anjeles Gelaksi" rahbariyati "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilning xizmatlariga qiziqish bildirmoqdayu

"Goal"ning yozishicha, Amerika klubi 32 yoshli futbolchiga 2022 yilning yakuniga qadar shartnoma taklif qilmoqda. Biroq germaniyalikning transferi uchun mablag' ajratmoqchi emas. Oldinroq futbolchi "Arsenal"ning Yevropa ligasi va APL uchun qaydnomasidan chiqarib yuborilgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'zil 2013 yildan buyon "Arsenal" tarkibida o'ynaydi. Shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 254 o'yinda 44 gol va 77 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal