O'zil Klinsmanning rekordini takrorladi

“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O'zil APL 9-turi doirasida “Lester”ga qarshi bahsda gol kiritdi.

Bu nemis futbolchisining londonliklar safida 30-goli bo'ldi. Bu bilan u APLda to'p to'pgan germaniyalik futbolchi Yurgen Klinsmanning rekordini takrorladi.

Yurgen Klinsmann 1994-95 hamda 1998 yillarda “Tottenhem”da to'p tepgan.

APLda eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar beshligidan Uve Resler (29), Robert Xut (21) va Lukas Podolski (19) joy olishgan.


Manba: Gracenote Live