O'zbekistonning JCH-2026 saralashidagi guruhdoshi mart oyidagi o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2024, 18:20
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasidagi Eron bilan o'yinlar uchun chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatdan 24 nafar futbolchi joy oldi, ulardan uch nafari legioner: Teymur Chariev (Abdish-Ata, Qirg'iz Respublikasi), Vepa Jumaev (Vitebsk, Belarus) va Ruslan Mingazov (Kitchi, Gonkong).

Ahal sardori Elman Tagaev va Arkadag' yarim himoyachisi Ilya Tamurkin jarohat tufayli mart oyidagi yig'inda ishtirok eta olishmaydi.

Mart oyida Mergen Orazov boshchiligidagi jamoa uchta o'yin o'tkazadi: 14 mart kuni Dubayda Qozog'istonga qarshi nazorat bahsi, 21 mart kuni Tehronda Eronga qarshi o'yin va 26 mart kuni Ashxobodda Eron bilan o'yin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia