O'zbekistonlik hakamlar OFKning elit seminarida ishtirok etishmoqda

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 20:42
Kelasi mavsumda OFK hamda FIFA tasarrufiga kiruvchi o'yinlarni boshqarish uchun O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan o'zbekistonlik hakamlar OFKning elit seminariga taklif olishdi.

BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan ushbu seminarda o'zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar uchun yangi o'quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, hakamlar mazkur seminarda nazariy hamda amaliy imtihonlardan tashqari fitnes-testlardan o'tishlari talab etiladi. Takidlash joiz, mazkur fitnes-testlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlargina xalqaro o'yinlarni boshqarish uchun tayinlanishlari mumkin.

Takidlash lozim, mazkur seminarda hakamlarga OFK hakamlikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i o'zbekistonlik Karine Muradyan yo'riqchilik qilmoqda.

OFK elit seminarida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar ro'yxati:

FIFA referilari:
Ravshan Ermatov
Valentin Kolvalenko
Sherzod Qosimov
Ilgiz Tantashev
Aziz Asimov

FIFA laynsmenlari
Jahongir Saidov
Abduhamidillo Rasulov
Mamur Saidqosimov
Ruslan Serazetdinov
Andrey Sapenko
Alisher Usmonov
Xusniddin Shodmonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com