O'zbekistonlik hakamlar OFK kurslarida ishtirok etadi

24 okt 2013, 11:13
14-18 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFKning elit hakamlik kurslari bo'lib o'tadi.

Shu yilning 14-18 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFK hakamlik kurslari o'tkaziladi. Mazkur kurslarda xalqaro maydonlarda faoliyat ko'rsatadigan bir guruh o'zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar qatnashadi.

OFK chaqiruviga ko'ra, Dubayda bo'lib o'tadigan hakamlik kurslarida o'zbekistonlik jami 8 nafar hakam va hakam yordamchilari ishtirok etadi.

Shunday qilib, OFK hakamlik kurslarida o'zbekistonlik 3 nafar FIFA referilari - Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko hamda Vladislav Seytlin bilan bir qatorda 5 nafar yordamchi hakamlar - Rafael Ilyosov, Mamur Saidqosimov, Jahongir Saidov, Abduhamidullo Rasulov va Husniddin Shodmonovlar qatnashadilar.

Ayni vaqtda ushbu hakamlarning barchasi FIFAning xalqaro o'yinlarda ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatidan o'rin olgan.

Manba: the-uff.com