O'zbekistonlik hakamlar bugungi Qatar – Bahrayn bahsida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
Avval xabar berganimizdek, Iroqda o'tkazilayotgan Fors Ko'rfazi Kubogida hakamlarimiz ham ishtirok etmoqda.

Bugun ular o'zlarining dastlabki uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Musobaqaning 2-turi doirasida "B" guruhi vakillari Qatar va Bahrayn o'rtasidagi bahs Ilgiz Tantashev, Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonovga ishonib topshirilgan. Ikki jamoa ham dastlabki turda g'alaba qozongan va navbatdagi uchrashuvdagi zafarli yurish guruh g'olibligi uchun zamin yaratishi mumkin.


Fors Ko'rfazi Kubogi-2023. Bugun 2-tur doirasida ikki o'yin bor


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази