O'zbekistonlik hakam ayollar futboli bo'yicha OCHL finalida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025
Ayni kunlarda Xitoyning Vuxan shahrida ayollar futboli bo'yicha Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi o'yinlari davom etmoqda.

Ahamiyatli tomoni shundaki, "Melburn Siti" va "Vuxan Jiangda" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvida o'zbekistonlik FIFA referisi Edita Mirobidova VAR hakami assistenti sifatida faoliyat olib boradi. 

Uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази