O'zbekistonda yashirin totalizator tashkilotchisi qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2018, 14:59
Qashqadaryo viloyatida yashirin totalizator tashkilotchisi qo'lga olindi.

Bu haqida O'zbekiston24 telekanalidagi Axborot ko'rsatuvida e'lon qilindi.
Aziz Ahmedov ismli shaxs futbol o'yinlariga pul tikishlarni qabul qilib, yashirin totalizator tashkil etish bilan shug'ullangan. Aziz Ahmedov pul yutganlar mablag'ining 10%ni o'zida olib qolgan. U yoshlarni noqonuniy yo'lga faol jalb qilgan.
Yoshlardan biri totalizatorda pul tikish bilan jiddiy qiziqib qoladi. Natijada Ahmedov undan aldov yo'li bilan 12 ming dollar yutib oladi. Shundan so'ng yigit yutqazgan pulini qaytarib olish uchun yana pul tikadi va 9,6 ming dollar yutadi, ammo totalizator tashkilotchisi unga bu pullarni berishdan bosh tortadi.
Keyinroq Aziz Ahmedov tahdid va qo'rqitish bilan yigitchadan katta pul talab qila boshlaydi. Tezkor tadbirlar natijasida Ahmedov yigitdan 1,5 ming dollar olayotganda qo'lga tushdi.
Ayni damda Aziz Ahmedovga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia