
Terma jamoamiz Toshkentdan Dubayga parvoz qiladi. U yerda bir kun qolinadi va mashg'ulot ham o'tkaziladi. Ertasi kuni esa Dubaydan Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtonga parvoz qilinadi. Yo'l olis, aniqrog'i 14 soatlik parvoz bo'lgani bois, terma jamoamiz joy olgan samolyot Avstraliyaning Sidney shahriga qo'nib o'tadi. Vellingtonda Panama terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Shuningdek, poytaxtda bir haftalik yig'in ham tashkil etiladi.