
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, bir necha yildan beri Kataloniya chempionatida to'p tepib, o'z gollari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lib kelayotgan Sardor Yusupov ham yig'inda qatnashish uchun Toshkentga yetib kelgan. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Sardor yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, Kataloniya chempionatida to'purarlardan biri bo'lib turibdi.