O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Vangareyga yetib bordi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2015, 18:07
Yangi Zelandiyada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi tur o'yinlari boshlandi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi guruh bosqichidagi o'zining uchinchi o'yinini Vangarey shahrida, Fijiga qarshi o'tkazadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari bugun Krayschyorch shahridan Vangareyga ko'chib o'tdi va bugun u yerda ilk mashg'ulotlarini olib borishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 – Fiji U-20 uchrashuvi 7 iyun, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com