6 iyul, shanba kuni Rize shahridagi Yeni Shehir stadionida U-20 JCH-2013 chorak final bosqichi doirasida Fransiya va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'zaro to'qnashadi. Ushbu o'yin arafasida har ikkala terma jamoa menejerlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni FIFA bosh koordinatori Jon de Luiza va o'yin komissari, indoneziyalik Javhar Hasan olib bordi.
Uchrashuvda Trabzondan 50 daqiqalik masofada joylashgan Rize shahrida o'tkaziladigan o'yinning xavfsizlik, marketing, media, tibbiy, hakamlik va boshqa tashkiliy masalalari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Tomonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar topildi.
Yig'ilishda 6 iyul kuni bo'ladigan o'yinda jamoalar qanday rangli liboslarda o'ynashlari aniqlab olindi. Unga ko'ra, Fransiya yoshlar terma jamoasi ananaviy ko'k rangli liboslarda harakat qiladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa musobaqa davomida ikkinchi marta o'zining oq rangli liboslaridan foydalanadi. Ahmadjon Musaev shogirdlari bungacha faqat Xorvatiyaga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida oq liboslarda harakat qilishgan edi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Trabzon shahriga 3 iyul kuni yetib kelgan edi. Shahar va yondosh hududlarda, jumladan, Rizeda ham havo bulutli bo'lib turibdi va biror kun quyosh bor bo'yi bilan ko'ringani yo'q. O'yin o'tkaziladigan maydonning hozirgi holati, uni o'yin uchun asrash zarurati va ayni vaqtdagi iqlim sharoitidan kelib chiqib, o'yinoldi rasmiy mashg'ulotlarini mashg'ulot maydonlarida o'tkazishga rozi bo'lganliklari uchun terma jamoalarga minnatdorlik bildiramiz, - dedi bosh koordinator.
Eslatib o'tamiz, Fransiya va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi U-20 JCH-2013 chorak final uchrashuvi 6 iyul, juma kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. Uchrashuvni braziliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Terma jamoa yetakchi himoyachilari – Sardor Rahmonov va Boburbek Yo'ldoshev diskvalifikaciya sabab ushbu o'yinda maydonga tusha olmaydi.